Defensikan-Imunoglukan®

Ozuqaviy biologik faol qo‘shimcha, suspenziya

Defensikan-Imunoglukan® suspension

1 мl ± 5% tarkibi:
Faol moddalar:
Imunoglukan® - 10 mg, L-askorbin kislotasi (C vitamini) - 10 mg.
Yordamchi moddalar: fruktoza - 100 mg, kislota regulyatori limon kislotasi-2 mg, kaliy sorbat konservanti - 0,5 mg, suv

Faol tarkibiy qismlarning xususiyatlari:
Imunoglukan® - bu yuqori tozalangan tabiiy mahsulot bo’lib, biologik faol polisaharidlardan iborat va beta - (1,3/1,6)-D glukan pleuran polisaharidi «Pleurotus ostreatus» qo‘ziqorinlaridan patentlangan texnologiya asosida olingan. Imunoglukanning xavfsizligi va samaradorligi xalqaro klinik tadqiqotlar va kuzatuvlarda isbotlangan, ilmiy adabiyotlarda chop etilgan.

Imunoglukan® immunomodulyator sifatida organizm tabiiy immunitet mexanizmlarini faollashtiradi. U ingichka ichakda joylashgan Peyer qatlamining maxsus immun hujayra retseptorlari (makrofaglari) bilan bog‘lanadi, immunitetni (fagotsitozni, interferonlar sintezini, interleykinlarni, o‘simta hujayralarining nekroz omilini rag‘batlantiradi, boshqa immunitet hujayralarini) faollashtiradi. Imunoglukan®- xavfsiz, uzoq vaqt davomida qabul qilsa bo’ladi, qonga so’rilmaydi va qisman ingichka ichakda glyukozaga aylanadi. Hazm bo'lmagan glyukanlar tanadan ozuqa tolasi sifatida chiqariladi.

C vitamini Imunoglukan® bilan birgalikda bir-birining taʼsirini sinergik ravishda kuchaytiradi, immunitet tizimining qarshiligini oshiradi va mavsumiy kasalliklar davrida normal ishlashini taʼminlaydi.

Foydalanish bo'yicha tavsiyalar:
Quyidagi kasalliklarni oldini olish va kompleks davolashda qo'llaniladi:
  • Tez-tez yallig’lanish asosidagi Immunitet tanqisligi holatlari
  • Bolalarda respirator o‘tkir virusli infeksiyalari (RO’VI)
  • Jismoniy va ruhiy toliqish: maktabga/bolalar bog‘chasiga tayyorgarlik vaqtida yangi sharoitlarga moslashish.

Dori vositasi emas. GMO mavjud emas. Glyutensiz.

Qo'llash usuli va tavsiya etilgan kunlik doza:
Maktabga/bolalar bog‘chasiga tayyorgarlik vaqtida va yangi sharoitlarga moslashish:
2 yoshdan katta bolalar: 1-3 oy davomida kuniga har 5 kg vazn uchun 1 mldan hisoblanadi.
O'tkir respirator virusli infektsiyalarning birinchi alomatlarida, immun tizimiga yuqori zo‘riqish davrida:
2 yoshdan bolalar: 3-7 kun davomida kuniga har 5 kg vazn uchun 2 ml. Har foydalanishdan oldin shishani silkiting.
Ertalab och qoringa va yotishdan oldin etarli miqdorda suv bilan ichish kerak. Suv bilan aralashtirsa ham bo’ladi.
BFQ - to‘liq va muvozanatli ovqatlanish o‘rnini bosa olmaydi.
Tavsiya etilgan kunlik dozadan ortig’ini qabul qilmang.
Не превышайте рекомендованную суточную дозу.

Qarshi ko’rsatmalar va ogohlantirishlar:
Mahsulot tarkibiga yuqori individual sezgirlik. Immunosupressiv davolanayotgan shaxslar preparatni faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin qabul qilishlari mumkin. Organ transplantatsiyasi qilingan odamlarda Defensikan Imunoglukan® tavsiya qilinmaydi. Foydalanishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Chiqarish shakli:
karton qutida 60 ml yoki 120 ml shisha idish.

Saqlash shartlari:
Quruq, salqin, yorug‘likdan himoyalangan va bolalar qo‘li etmaydigan joyda 5°C dan 25°C gacha bo‘lgan haroratda saqlanadi. Namlik, muzlash va to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlaridan saqlang. Ochgandan va har foydalanishdan keyin shisha to‘g‘ri yopilishi va muzlatgichda 2°C dan 8°C gacha bo‘lgan haroratda saqlanishi kerak. Ochiq shishadan 3 oy ichida foydalanish mumkin. Ishlab chiqarish partiyasi raqami, yaroqlilik minimal muddatining tugash sanasi “(sana) gacha qabul qilgan ma'qul”: qadoqda ko‘rsatilgan.

Ishlab chiqaruvchi: Eurodrag Laboratories B. V., Niderlandiya. Ishlab chiqarish maydonchasi: Pleuran, s. r. o., Novoe zaxradu I. c. 13 / A, 821 05 Bratislava, Slovakiya.

Isteʼmolchi daʼvolari quyidagi manzilga yuborilishi kerak: «ARASHAN» MChJ, 100029, O'zbekiston, Toshkent shahri, Chimkent ko'chasi, 8/2.