Defensikan-Imunoglukan®

Ozuqaga biologik faol qo‘shimcha, kapsulalar

Defensikan-Imunoglukan® capsules

1 kapsula tarkibi (270 mg ± 5%):
Faol ingrediyentlar: Beta-(1,3/1,6)-D-glyukan (Imunoglukan®) ̶ 100 mg, kalsiy-L-askorbati ̶ 121 mg [С vitamini ekvivalenti ̶ 100 mg].
Yordamchi moddalar: magniy stearati.
Kapsula qobig‘i: stabilizator gidroksipropilmetilsellyuloza; bo‘yovchi: xlorofill mis kompleksi.

Mahsulot haqida ma’lumot:
Beta-(1,3/1,6)-D (Imunoglukan®) - Imunoglukan® Pleurotus ostreatus (oddiy Veshenka) qo‘ziqorindan noyob patentlangan texnologiya bo‘yicha olingan tabiiy polisaxaridlar majmuasi bo‘lib hisoblanadi. Imunoglukan® ning xavfsizligi va samaradorligi halqaro ilmiy adabiyotlarda chop etilgan klinik tadqiqotlarda va kuzatuvlarda isbotlangan.

Imunoglukan® immunomodulyator sifatida organizmning tabiiy immun mexanizmlarini faollashtiradi. Peyer pilakchalaridagi immun xujayralar (makrofaglar)ning maxsus retseptorlari bilan bog‘lanadi, ular ingichka ichakda joylashadi va immunitetni faollashtiradi (fagotsitozni rag‘batlantirish, interferonlar, interleykinlar, o‘sma xujayralari nekrozi omili va boshqalar sintezi, boshqa immun xujayralarni faollashtirish).
Imunoglukan® - uzoq vaqt qabul qilinganda xavfsiz, qonga so‘rilmaydi va ingichka ichakda qisman glyukozaga aylanadi. Hazm bo‘lmagan glyukan organizmdan ozuqa tolalari ko‘rinishida chiqariladi.
С vitamini Imunoglukan® bilan sinergik ta’sir ko‘rsatib bir-birining ta’sirini kuchaytiradi, immun tizimining qarshiligini oshiradi va uning normal faoliyatini ta’minlaydi.
Mavsumiy kasalliklar davrida immunitetni tutib turadi.

Qo‘llanilishi:
Quyida kasalliklar va holatlarni majmuaviy davolash va profilaktikasida qo‘llanadi:
  • Immuntanqislik holatlari, tez-tez kasallanish
  • Yuqori nafas yo‘llarining o‘tkir virusli infeksiyalari, bolalar va kattalarda gripp
  • Virusli kasalliklarga qarshi vaksinatsiyaga tayyorgarlikda
  • Surunkali toliqish sindromi
  • Jismoniy va ruhiy zo‘riqish: maktab/bog‘chaga tayyorgarlik, yangi sharoitlarga moslashishda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va tavsiya etilgan sutkalik dozasi:
При первых симптомах ОРВИ/гриппа:
  • O‘RVI/grippning birinchi simptomlarida:
  • 3 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kuniga 1-2 kapsuladan 3-5 kun davomida.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarda kuniga 3 kapsuladan 3-5 kun davomida buyuriladi. Immuntanqislik holatlari, tez-tez kasallanish, tez-tez shamollash mavsumida profilaktika: Kattalar va bolalarga kuniga 1 kapsuladan 2-3 oy davomida buyuriladi.
Maktab/bog‘chaga tayyorgarlik, yangi sharoitlarga moslashishda, vaksinatsiyaga tayyorlanishda: kuniga 1 kapsuladan 1-2 oy davomida buyuriladi.
Kapsulani uyqudan oldin yoki ertalab och qoringa yetarli miqdordagi suv bilan qabul qilish kerak. Zarurati bo‘lganida kapsula ichidagisini ochish va bir qoshiq suv bilan aralashtirish mumkin.
Diyetik qo‘shimch to‘liq va muvozanatlashtirilgan ovqatlanish ratsionini o‘rnini bosmaydi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar va iste’mol qilishdagi ehtiyotkorliklar: mahsulotning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Immunosupressiv (immunodepressiv) davolanayotgan shaxslar preparatni faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin qabul qilishlari mumkin.
A’zolar ko‘chirib o‘tkazilgan shaxslar «Defensikan-Imunoglukan®» ni qabul qilishlari mumkin emas.
Qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Chiqarilish shakli:
10, 30 kapsulalar blisterlarda, karton qutida.

GMO siz. Glyuten saqlamaydi. Biologik faol ko’shimcha dori vositasi hisoblanmaydi.

Saqlash sharoiti:
quruq, salqin, yorug‘likdan himoyalangan joyda va bolalar ololmaydigan joyda, 5°C dan 25°C gradusgacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Ishlab chiqarish seriyasining raqami, minimal yaroqlilik muddatini yakunlanishi sanasi «Yaroqliliq muddati»: o‘ramda ko‘rsatilgan.

Ishlab chiqaruvchi:
Eurodrug Laboratories B.V., The Netherlands / Yevrodrag Laboratoriyes B.V., Niderlandlar.
Pleuran, s.r.o., Nove zahrady I. c. 13/A, 821 05 Bratislava, Slovakia/Pleuran, s.r.o., Novoye zaxrady I. c. 13 / A, 821 05 Bratislava, Slovakiya sharoitida.

Iste’molchilarning e’tirozlari quyidagi manzilga yuborilsin: «ARASHAN» MCHJ, 100029, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Chimkent ko‘ch., 8/2.