1 sashe-paketcha tarkibi:Faol ingrediyentlar: Imunoglukan
® - 50 mg, L-askorbin kislotasi (S vitamini) - 50 mg.
Yordamchi moddalar: maltodekstrin, fruktoza, tabiiy apelsin aromatizatori.
Mahsulot haqida maʼlumot: Beta-(1,3/1,6)-D (Imunoglukan
®) - Imunoglukan
® Pleurotus ostreatus (Oddiy istiride) qoʻziqorinlaridan noyob patentlangan texnologiya boʻyicha olingan tabiiy polisaxaridlarning majmuasi boʻlib hisoblanadi. Imunoglukan
® ning xavfsizligi va samaradorligi haqaro klinik tadqiqotlarda va ilmiy adabiyotlarda chop etilgan kuzatuvlarda isbotlangan.
Imunoglukan
® immunomodulyator sifatida organizmning tabiiy immun mexanizmlarini faollashtiradi. Peyer pilakchalaridagi immun xujayralarning (makrofaglar) maxsus retseptorlari bilan bogʻlanadi, ular ingichka ichakda joylashgan va immunitetni faollashtiradi (fagotsitozni ragʻbatlantirish, interferonlar, interleykinlar, oʻsma xujaylarini nekrozi omili va boshqalar sintezi, boshqa immun xujayralarni faollashtirish).
Imunoglukan
® - uzoq vaqt qabul qilinganda xavfsiz, qonga soʻrilmaydi va ingichka ichakda glyukozaga qisman aylanadi. Hazm boʻlmagan glyukan organizmdan ozuqa tolalari koʻrinishida chiqariladi.
S vitamini Imunoglukan
® bilan sinergik taʼsir koʻrsatib, bir-birining taʼsirini kuchaytiradi, immun tizimining qarshiligini oshiradi va uning normal faoliyatini taʼminlaydi.
Mavsumiy kasalliklar davrida immunitetni tutib turadi.
Qoʻllanilishi:Quyidagi kasalliklar va holatlarni majmuaviy davolaganda va oldini olganda qoʻllanadi:
- Immuntanqis holatlar, tez-tez kasallanish
- bolalar va kattalarda yuqori nafas yoʻllarining oʻtkir virusli infeksiyalari (OʻRVI), gripp
- virusli kasalliklarga qarshi vaksinatsiyaga tayyorgarlik
- surunkali toliqish sindromi
- jismoniy va ruhiy zoʻriqish: maktab/bogʻchaga tayyorgarlik, yangi sharoitlarga moslashishda qoʻllanadi.
Qoʻllash boʻyicha tavsiyalar: Mahsulot 3 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga mos keladi. Tana vazni 25 kg gacha boʻlganda 1 sashedan va tana vazni 25 kg dan yuqori boʻlganda 2 sashedan kuniga bir marta uzoq vaqt (kamida 2-3 oy) qabul qilish tavsiya etiladi. OʻRVI/grippning birinchi simptomlarida oshirilgan sutkalik dozani (tana vaznining har 25 kg ga 2 paketcha) kuniga bir marta 3-7 kun davomida qabul qilish mumkin.
Paketcha ichidagisi suyuqlik saqlovchi stakanga (100 ml) solinadi va yaxshilab aralashtiriladi. Suspenziya aralashtirilgandan keyin darhol qabul qilinadi. Mahsulotni uyqudan oldin yoki ertalab och qoringa qabul qilgan afzal.
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar va isteʼmol qilgandagi ehtiyotkorliklar:Mahsulotning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas. Immunosupressiv (immunodepressiv) davolanayotgan shaxslar preparatni faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin qoʻllashlari mumkin.
Aʼzolari koʻchirib oʻtkazilgan shaxslar «Defensikan Imunoglukan®» masʼhulotini qabul qilishlari mumkin emas.
Qoʻllashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing.
Biologik faol qoʻshimcha toʻliq va muvozanatlashtirilgan ovqatlanish ratsionini oʻrnini bosmaydi.
Chiqarish shakli: 30 sashe-paketchalar karton qutida.
GMO siz. Glyuten saqlamaydi. BFQ dori vositasi boʻlib hisoblanmaydi.Saqlash sharoiti:quruq joyda, namlik, muzlatish va bevosita quyosh nurlaridan saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Ishlab chiqaruvchi: Eurodrug Laboratories B.V., The Netherlands/Yevrodrag Laboratoriyes B.V., Niderlandiya.
Ishlab chiqarish maydonchasi: Pleuran, s.r.o., Nove zahrady I. c. 13/A, 821 05 Bratislava, Slovakia/Pleuran, s.r.o., Novoye zaxrady I. c. 13/A, 821 05 Bratislava, Slovakiya.
Iste’molchilarning e’tirozlari quyidagi manzilga yuborilsin: «ARASHAN» MCHJ, 100029, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Chimkent ko‘ch., 8/2