Butun oila uchun Defensican gripp va ORVI paytida yordam beradi
Defensican Imunoglukan®

bolalar va kattalarda ORVI va grippni davolash va oldini olishda qo‘llaniladigan tabiiy immunomodulyator.


(Yagona patentlangan texnologiya asosida ishlab chiqariladi)

Defensican Imunoglukan qanday ishlaydi?
KO‘RSATMALAR
  • Tez-tez kasallanuvchi bolalar va kattalarda immunitet yetishmovchiligi holatlari
  • 2 yoshdan boshlab bolalar va kattalarda ORVI va grippni oldini olish va davolash
  • Emlashga tayyorgarlik vaqtida
  • Jismoniy va ruhiy zo‘riqishlar davrida:

    - maktab yoki bog‘chaga tayyorgarlikda
    - yangi jamoaga moslashishda

    - sportchilarda musobaqalarga tayyorgarlikda

Defensican Imunoglukan®

Nafas yo‘llari infeksiyalarini oldini olishda klinik tadqiqotlar bilan isbotlangan samaradorlikka ega yagona biologik faol polisaxaridlar (beta-glyukanlar) guruhi vakili bo‘lgan preparat.

Afzalliklari

Bolalarda immunitetni me’yorga keltiradi

Defensican Imunoglukan® bolalarda immun tizimining tabiiy yetilish jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi va immun funksiyalarni ortiqcha rag‘batlantirish xavfisiz ishlaydi.

Bitta preparatda kompleks ta’sir

Tadqiqotlar Defensican Imunoglukan® preparatining quyidagi kompleks immunomodulyatsion va boshqa foydali biologik ta’sirlarini tasdiqladi:

  • Immunomodulyatsion
  • Yallig‘lanishga qarshi
  • Viruslarga qarshi
  • Allergiyaga qarshi
  • Antioksidant
  • O‘smalarga qarshi

Bu ta’sirlar preparatning immun tizimiga ta’sirini to‘ldiradi va uni bolalar va kattalarda keng klinik qo‘llash imkonini beradi.

Yuqori darajadagi ilmiy asos

Tadqiqot natijalari ko‘plab mahalliy va xalqaro ilmiy anjumanlarda taqdim etilgan hamda muhim milliy va xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan. ClinicalTrials.gov — bu dunyo bo‘ylab klinik tadqiqotlar haqida ma’lumot olish mumkin bo‘lgan platformadir.

Tezroq sog‘ayishga va asoratlarsiz tuzalishga yordam beradi

Klinik tadqiqotlarga ko‘ra, Defensican Imunoglukan® ni ORVI va boshqa virusli infeksiyalarni kompleks davolashga qo‘shish bemorlarning tezroq sog‘ayishiga va asoratlar sonining kamayishiga yordam beradi.

Yuqori xavfsizlik darajasi
Defensican Imunoglukan® asosan ichak devoridagi immun tizim orqali ta’sir qiladi — uzoq muddatli qabul qilishda ham xavfsiz. Qonga so‘rilmaydi, ichakda qisman glyukozaga aylanadi. Hazm bo‘lmagan glyukan organizmdan oziq-ovqat tolalari sifatida chiqariladi.






Qabul qilish uchun ikki qulay shakl

Og‘iz orqali qabul qilinadigan suspenziya — spirt, bo‘yoq va sun’iy hid beruvchilar tarkibida yo‘q, 2 yoshdan boshlab bolalar uchun


Kapsulalar — 3 yoshdan boshlab bolalar va kattalar uchun. Kapsula ichidagi kukunni kerak bo‘lsa ochib, suv bilan aralashtirib ichish mumkin







Defensikan Immunoglyukan®ni telegramning ArzonApteka boti orqali yaqin-atrofdagi dorixonadan тopish mumkin
Defensikan Immunoglyukan®ni Uzum saytidan хarid qilish mumkin

Qabul qilish sxemasi

Suspenziya

Kapsula